Xushvaqova Durdona Islom qizi
MAGISTRLIK DISSERTATSIYA
Mavzu: O'zbekiston Respublikasida mintaqaviy iqtisodiy xavfsizligini baholash mezonlarini takomillashtirish
Xavfsizlik tushunchasi
«Xavfsizlik» tushunchasi ko’p qirrali bo’lib, turlicha ma’noda talqin etiladi. SHunga qaramasdan ularda umumiy g’oya ham mavjud bo’lib, bunga ko’ra xavfsizlik insoniyat hayotining turli sohalarida vujudga keladigan xavf- xatarlardan himoyalanish, kafolatlanish ma’nosini anglatadi. Xavf-xatar esa davlat va jamiyat rivojlanishiga, normal amal qilishiga tahdid soluvchi potensial yoki real kuch, omil hisoblanadi.