Mamlakatda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash sohasidagi muammolar ma’lum qilindi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “2019-2024 yillarda mamlakatda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash milliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.

Hujjatda qayd etilishicha, mamlakatda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy holatini barqaror rivojlantirish, fuqarolarning sog‘lig‘i va hayotini yaxshilash, milliy xavfsizligi va mamlakat mustaqilligini barqaror saqlashning asosiy yo‘nalishlaridan biriga aylandi.

Mazkur yo‘nalishda respublikada aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan barqaror ta’minlash, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha strategik jihatdan maqsadli hamda izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga, mamlakatda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash sohasida qator muammolar saqlanib qolmoqda. Jumladan:

birinchidan, aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash bugunga qadar turli darajada tasdiqlangan agrar sohani rivojlantirish dasturlari doirasida amalga oshirilib, yagona davlat dasturi ishlab chiqilmagan;

ikkinchidan, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga aloqador vazirlik, idora va tashkilotlarning bu boradagi faoliyatini muvofiqlashtirish mexanizmi va o‘zaro yaxlit tizimda ishlash tartibi to‘liq shakllantirilmagan;

uchinchidan, aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlanganlik darajasini aniqlash, mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini baholash indekslari mavjud emas.

So'nggi yangiliklar

“Иқтисодий хавфсизлик” йўналишининг илк талабалари диплом ҳимояларини муваффақиятли амалга оширишди

Бугун "Иқтисодий хавфсизлик" йўналишининг илк талабалари диплом ҳимояларини...

Iqtisodiy xavfsizlik haqida

Iqtisodiy xavfsizlik - mamlakat, hudud, firma, kompaniyaning iqtisodiy inqirozga...

Iqtisodiyot, xavfsizlik, ilm-fan va sayyohlik – Shavkat Mirziyoyev o‘ndan ortiq takliflarni ilgari surdi

Toshkent shahrida davom etayotgan «Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy...

Davlatlarning xavfsizlik reytingi e’lon qilindi 

Dunyoda eng xavfsiz davlat Islandiya bo‘lib qolmoqda. U Global...

Emomali Rahmon MDH davlatlarini iqtisodiyot va xavfsizlik sohalarida hamkorlikni mustahkamlashga chaqirdi

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon 30 oktabrda Dushanbeda MDH davlatlari...