Emomali Rahmon MDH davlatlarini iqtisodiyot va xavfsizlik sohalarida hamkorlikni mustahkamlashga chaqirdi

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon 30 oktabrda Dushanbeda MDH davlatlari bosh vazirlari Kengashi yig‘ilishi ishtirokchilarini kutib oldi.

Tojikiston prezidenti matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, uchrashuvda MDH davlatlari o‘rtasidagi hamkorlikni oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Emomali Rahmon MDH davlatlari bosh vazirlari e’tiborini jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi salbiy oqibatlariga qaratib, “Bizning fikrimizcha, MDH davlatlari ko‘p rejali aloqalarini saqlagan holda kelgusida Hamdo‘stlik davlatlari hamkorligini iqtisodiyot va xavfsizlik sohalarida rivojlantirish zarur”, deb ta’kidlab o‘tdi.

Uchrashuvda Afg‘oniston shimolidagi vaziyat va uning Markaziy Osiyo va MDHning janubiy davlatlari uchun ehtimoliy oqibatlariga alohida e’tibor qaratildi.

So'nggi yangiliklar

“Иқтисодий хавфсизлик” йўналишининг илк талабалари диплом ҳимояларини муваффақиятли амалга оширишди

Бугун "Иқтисодий хавфсизлик" йўналишининг илк талабалари диплом ҳимояларини...

Iqtisodiy xavfsizlik haqida

Iqtisodiy xavfsizlik - mamlakat, hudud, firma, kompaniyaning iqtisodiy inqirozga...

Iqtisodiyot, xavfsizlik, ilm-fan va sayyohlik – Shavkat Mirziyoyev o‘ndan ortiq takliflarni ilgari surdi

Toshkent shahrida davom etayotgan «Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy...

Davlatlarning xavfsizlik reytingi e’lon qilindi 

Dunyoda eng xavfsiz davlat Islandiya bo‘lib qolmoqda. U Global...

Mamlakatda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash sohasidagi muammolar ma’lum qilindi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “2019-2024 yillarda...